O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Mahalliy eksportchilar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 5 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosida vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, tuman va shaharlarning mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida tarmoqlar va hududlar kesimida tashqi savdo faoliyatining joriy holatini tahlil qilishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Bosh vazir o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev rahbarligida o'tkazilgan ushbu tadbirda viloyatlar va tarmoqlar kesimida eksport faoliyatining joriy ko'rsatkichlari ko'rib chiqildi.

Eksportga yetkazib berish jarayonida mahalliy korxonalar duch keladigan bir qator tizimli va xususiy muammolar aniqlandi. Muammolar asosan eksportchilarning kredit resurslarini olishdagi qiyinchiliklari, joylarda tegishli muhandislik infratuzilmasining yo'qligi, zarur eksport ruxsatnomalarini olish, soliq sohasidagi masalalarni hal qilish, xususan, ilgari to'langan qo'shilgan qiymat solig'i summalarini qaytarish, chet ellik mijozlarni topish va boshqa jihatlar bilan bog'liq edi.

Yig'ilishda ishtirok etgan mas'ul rahbarlarga eksportchilar duch kelayotgan muammolarni tezkor aniqlash va aniq yechimlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatlar, tumanlar, shaharlar va mahallalar darajasida ular bilan manzilli hamkorlikni faollashtirish hamda ishlab chiqarish va eksport faoliyatini monitoring qilish uchun tadbirkorlar bilan doimiy muloqotda bo'lish  vazifasi qo'yildi.

Ko'tarilgan barcha masalalar har tomonlama tahlil qilindi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlariga qisqa vaqtda ularni hal etish bo'yicha samarali choralar ko'rish topshirildi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech