O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Sirdaryo viloyatida Transport-logistika xabini tashkil etish loyihasi muhokama etildi

Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi rahbariyati va Wildberries Development kompaniyasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida kompaniya platformasi orqali mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni tashkil etish uchun Sirdaryo viloyatida transport-logistika xabini yaratish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Kompaniya vakillari Mirzaobod tumani va Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonalari hududida ham bo‘lib, infratuzilma tarmoqlari hamda logistika markazini barpo etish uchun mavjud sharoitlar bilan tanishdi.

“Wildberries Development” kompaniyasi vakillarining tashrifi yakunida loyihani amalga oshirish borasida hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech