O'zbekcha Русский Ўзбекча English

Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilar boshqaruvini modernizatsiya qilish loyihasi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-noyabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi rahbariyati hamda Fransiya taraqqiyot agentligining Istanbuldagi Shtab Kvartirasi shaharsozlik loyihalari bo‘yicha rahbari K.Fruin xonim ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilar boshqaruvini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida mutasaddilar bilan loyiha tahliliy muhokama qilib olindi.

Uchrashuv natijasi bilan loyihaning belgilangan muddatlarda hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun zarur harakatlar rejasi ishlab chiqildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech