O'zbekcha Русский Ўзбекча English

O'zbekiston ESCATO bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

Bangkokda videokonferentsiya tarzida Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCATO)ning Transport bo'yicha qo'mitasining yalpi majlisi o'z ishini boshladi. Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.

Yalpi majlis davomida ESCATOga 53 a'zo va 9 assotsiativ a'zo davlat delegatsiyalari mintaqaviy transport tizimlarini rivojlantirish va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transportning barqaror rivojlanishi to'g'risidagi Vazirlar deklaratsiyasini amalga oshirish uchun strategik ahamiyatga ega bo'lgan masalalarni ko'rib chiqdilar.

2022-2026 yillarga mo'ljallangan ESKATO mintaqaviy dasturi doirasida "Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston", "Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor", "O'zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston" xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish loyihalari, shuningdek, O'zbekistonda xalqaro yuk tashish xavfsizligini oshirish bo'yicha boshlab yuborilgan loyihalar ko'rib chiqildi.

Ma'lumot uchun: Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi Tailandning Bangkok shahrida joylashgan BMT Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashining beshta mintaqaviy komissiyalaridan biridir. U 1947 yilda Kengashga a'zo davlatlarning iqtisodiy hamkorligini rag'batlantirish uchun tashkil etilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech